
O‘zbekiston 10 kishi bo‘lib qolgan Venesuela bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Venesuela terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda 1:1 hisobida qayd etildi.
Dastlab, 7-daqiqada Aleksandr Gonsales hisobni ochdi. 79-daqiqada Jasur Yaxshiboev o‘zi ishlagan penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Shuningdek, Masharipov birinchi taym so‘nggida penaltidan foydalana olmadi.
Bundan tashqari, o‘yinning 67-daqiqasida Jan Fuentes qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Fikrlar