O‘zbekiston - iste’dodlar fabrikasi. Rossiya chorlovini qabul qilgan futbolchilar: Qosimovdan Jaloliddinovgacha!

  • 12 avgust, 2020, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun boshlanadigan Rossiya premer-ligasining yangi mavsumida legioner maqomida to‘p suradigan Eldor Shomurodov, Jasur Jaloliddinov va Oston O‘runov o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar uchun o‘ynaydi.

O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining rossiyalik muxlisu mutaxassislar e’tibor markazida ekanini inobatga olib, bu ulkan mamlakatda o‘z mahorati va iste’dodi bilan yurtimiz futboli sharafini munosib himoya qilgan futbolchilarimiz faoliyatiga nazar solamiz.  

O‘zbekiston - Osiyoning eng qudratli terma jamoalaridan. Bu jamoa jahon chempionatiga chiqishi uchun ko‘pincha bir qadam etmay qolaveradi. Biroq, 2022 yili Qatarda bo‘ladigan mundial oldidan qator iste’dodli futbolchilar avlodini tarbiyalay olgan bu mamlakat termasi maqsadini amalga oshirish imkoniyati katta.

Sobiq Ittifoq parchalanib, mustaqilligi ta’minlangan mamlakatlar o‘z milliy chempionatlarini o‘tkaza boshlaganidan keyin, O‘zbekiston futbolchilari Rossiya futbolida chuqur iz qoldira oldi. Toshkent futboli tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Andrey Pyatnitskiy va Valeriy Kechinov “Spartak”da katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Taqdir taqozosi bilan ular xalqaro maydonlarda Rossiya terma jamoasi uchun to‘p surdi.

15698_59.1383251272.98915

Moskva futbol maktabida voyaga etib, “Lokomotiv”ning qudratli o‘yinchilari maqomini olgan Vladimir Maminov va Oleg Pashinin, shuningdek iste’dodli darvozabon Aleksey Polyakov esa, aksincha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib, o‘z yurtida legionerga aylandi.

yGwdOT8qAE8_1

Umuman olganda, serquyosh O‘zbekiston nomidan Rossiya maydonlarida o‘zbek, arman, ukrain, rus millatiga mansub futbolchilar muvaffaqiyat bilan to‘p surdi.

Biroq, O‘zbekiston futbolchilari haqida gap ketganida ko‘z oldimizga birinchi bo‘lib Mirjalol Qosimov keladi. Chempion “Alaniya”ning oltin avlodi vakili bo‘lgan o‘zbek yarim himoyachisi 1995 yili Rossiya chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng, bu yurtga yana ikki marotaba qaytib kelgan. Mirjalol qayd etgan natijalar o‘zbekistonlik legionerlar uchun hali hamon zabt etilmagan cho‘qqi bo‘lib qolmoqda.

267477_680_1

Mirjalol Qosimov Rossiya chempionatida “Alaniya” va “Krilya Sovetov” jamoalarida jami 181 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol va 34 ta golli pas muallifi bo‘lgan. Gollar va assistlar soni bo‘yicha hali birorta o‘zbek legioneri bu marraga etganicha yo‘q.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi sardori Odil Ahmedov Rossiyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘zbek futbolchisidir. U “Anji” va “Krasnodar” safida jami 211 marta maydonga tushgan. Shuningdek, Krasnodar o‘lkasidan “Shanxay SIPG” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Ahmedov eng qimmat transfer sohibi hamdir. Xitoyliklar uni qo‘lga kiritish uchun 7 million evro sanagan.

1490633260

Rossiyada yorqin faoliyat olib borgan hamyurtlarimizdan biri Andrey Fyodorov “Rubin”da sardorlik qilgan va 2008 yili chempion bo‘lgandi. Shuningdek, Fyodorov Qozon shahriga kelgunicha “Alaniya” va “Baltik”da to‘p surgan. U Rossiya maydonlarida 200 taga yaqin o‘yin o‘tkazib, yigirmatacha gol urgan.

Ayni paytda Rossiya klublari a’zoasi bo‘lgan futbolchilarimiz ham o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan jamoalar vakili sanaladi. Eldor Shomurodov “Rostov”dagi o‘yinlari va gollari orqali premer-liganing eng zo‘r hujumchilari qatorida zikr etilmoqda. Ayni paytda mavsumga rostovliklar tarkibida tayyorlanayotgan futbolchiga Rossiya grandlari va xorij klublaridan aniq takliflar bo‘lmoqda. Yaqinda jamoasi Shomurodov bo‘yicha Evropa chempionlar ligasi ishtirokchisi “Gent”ning 5-6 million evrolik taklifini rad etdi.  

Oston O‘runov yarim yil ichida premer-liga grandlari orzu qiladigan futbolchi darajasiga ko‘tarildi. Unga Germaniya Bundesligasidan ham taklif bo‘layotgani aytildi. Oxir-oqibat 19 yoshli futbolchi “Spartak”ni tanladi. Bu jamoa esa avvalgi mavqeini tiklab, “Zenit” gegemonligiga barham berishga bel bog‘lagan.

582576_original

Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan va o‘zbekistonlik futbolchilar uchun omadli bo‘lgan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi ham katta umidlar bilan Jasur Jaloliddinovni oldi. O‘yini Messinikiga qiyoslanayotgan 18 yoshli futbolchimiz o‘ziga berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanib, nimalarga qodirligini namoyish qilishi lozim.

Yangi mavsumda premer-ligadagi hamyurtlarimiz soni oshishi mumkin. Chunki, Rossiyada eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan Vitaliy Denisov hamon yuqori saviyada o‘ynashga qodir. U o‘z vaqtida  TsSKA tarkibida ikki marotaba Rossiya kubogi va UEFA kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, “Lokomotiv” safida Rossiya chempionatining oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Ikki marta Rossiya kubogini qo‘lga kiritgan.“Spartak” (Nijegorod), “Krilya Sovetov”, “Rubin”, “Rotor” va Ukrainaning “Dnepr” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Xulosa qilib aytganda, Rossiya chempionati doimo o‘zbekistonlik futbolchilar uchun katta sinov maktabi bo‘lib kelgan. Bundan buyog‘iga premer-liga hamyurtlarimiz uchun Evropa klublariga tramplin vazifasini o‘tashini istab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!