O‘zbek shaxmatchisi dunyoning eng kuchli grossmeysterlariga qarshi dona suradi

  • 10 iyul, 2021, 19:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

10-11-iyul kunlari chess24.com onlayn shaxmat platformasida San-Fermin Masters onlayn shaxmat musobaqasining final bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa blits shaxmat bo‘yicha Olimpiya tizimida, vaqt nazorati asosida o‘tkaziladi.

Tecno

Final bosqichida dunyoning eng kuchli 8 nafar shaxmatchisi ishtirok etishi belgilangan. Ular orasida shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (Norvegiya), dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan So Uesli (AQSh), Levon Aronyan (Armaniston), Ding Liren (Xitoy), Eduardo Bonelli Iturrizaga (Ispaniya) va boshqalar bor.

Quvonarlisi, dunyoning eng kuchli grossmeysterlari safida o‘zbekistonlik eng iste’dodli shaxmatchilardan biri Nodirbek Abdusattorov ham g‘olibligi uchun dona suradi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Hamyurtimiz chorak finalda armanistonlik Levon Aronyan bilan bahslashadi. Agar ushbu bahsda Nodirbek g‘alaba qozonsa, u holda yarim finalda xitoylik Ding Liren hamda ispan shaxmatchisi Jeymi Santos Latasa qarama-qarshiligida ustun kelgan grossmeyster bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!