
O‘zbek muaytay olamining yulduzi Face to Face marosimida!
8 iyul kuni Tailandning Bankok shahrida katta muaytay kechasi bo‘lib o‘tadi. Ya’ni, Lumpinee Fairtex Fight turniri tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu kechada o‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzi 3 karra jahon chempioni Mavlonbek Qahhorov ham jang qiladi. Unga anchagina jiddiy raqib, tailandlik Vanchalek raqiblik qiladi. Ushbu jang 71 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Agar, Mavlonbek Qahhorov g‘alaba qozonsa, ONE FC bilan shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bugun ushbu jangdan avval dastlabki media tadbirda ishtirok etdi.
Fikrlar