O‘zbek legioneriga qo‘pollik qilgan futbolchi uch o‘yinga haydaldi

  • 13 may, 22:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Jetisu” futbolchisi Dias Orinbasar uch o‘yinlik diskvalifikatsiyani o‘tashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Chempionatning ettinchi turida “Jetisu” Turkiston viloyatida “Turon” jamoasi mehmoni bo‘lgandi. Hisob ochilmagan bu uchrashuvda mehmonlarning 22 yoshli yarim himoyachisi Dias Orinbasar “Turon”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Odilbek Abdumajidovga nisbatan qo‘pol o‘ynagani bois maydondan haydalgan.

Premer-liga tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Dias Orinbasarning qo‘polligi uch o‘yinlik diskvalifikatsiya bilan jazolandi.

“Jetisu” futbolchisi sakkizinchi turdan o‘rin olgan “Okjetpes”ga qarshi uchrashuvga jalb qilinmadi. Shuningdek, u 17 mayga belgilangan “Atirau” maydonidagi keyingi  bellashuvni ham o‘tkazib yuboradi. Murabbiylar shtabi 24 mayda bo‘ladigan “Aktobe”ga qarshi to‘qnashuvda ham bu yarim himoyachi xizmatidan foydalana olmaydi.

Dias Orinbasar jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanib, bungacha oltita uchrashuvda ishtirok etgan edi.

Ta’kidlash lozimki, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu mavsum Qozog‘iston Premer-ligasida “Turon”ga muxlislik qilmoqda.

Chunki Turkiston viloyati jamoasida bu yil to‘rt nafar o‘zbek futbolchisi to‘p tepyapti. Ularning bari asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanadi.

Xususan, Dias Orinbasar diskvalifikatsiyasiga sababchi bo‘lgan 23 yoshli himoyachi Odilbek Abdumajidov Qozog‘iston chempionati va mamlakat kubogida to‘qqizta uchrashuvni ham boshlang‘ich tarkibda boshladi.

Qozog‘iston chempioni va mamlakat kubogi sohibi hisoblangan 26 yoshli hujumkor futbolchi Shahboz Umarov hisobida oltita o‘yinda bitta gol va uchta assist bor.

31 yoshli universal himoyachi Xurshid Muxtorov Premer-liga va kubok o‘yinlarida to‘qqiz marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, chempionatda o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

Nihoyat, “Paxtakor”dan ijaraga olingan iqtidorli hujumkor futbolchi Behruz Asqarov ham legioner maqomiga juda tez ko‘nikdi. Kreativ harakatlari bilan ajralib turadigan legionerimiz “Turon” safida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Husanov jamoasidan “yondiradigan” xabar!

Raneri va Shomurodov A Seriyani dahshatga solmoqda

Shomurodov “Roma”ning “top-5”dagi tarixiy rekordini ta’minlab berdi!

Husanov jamoasiga yaxshi xabarlar kela boshladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!