O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 10 fevral, 2024, 15:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari qo‘shni Qozog‘iston Premer-ligasini doim alohida qiziqish bilan kuzatib keladi. Chunki qozoq klublari muntazam o‘zbek futbolchilari xizmatidan foydalanadi.

Tecno

O‘tgan mavsumda Premer-ligada Shahboz Umarov, Bobur Abduxoliqov va qisman Igor Sergeev to‘p tepdi. Shahboz va Bobur "Ordabasi"ni tarixda ilk bor chempion bo‘lishiga ko‘maklashib yubordi. Sergeev esa, "Tobol"dan Tailandga yo‘l oldi. 

picture

Yangi mavsum oldidan Qozog‘iston klublari o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari yordamida tarkibini kuchaytirib olmoqda.

Qizilo‘rdaning “Qaysar” klubi erkin agent maqomida yurgan tajribali forvard Shohnaxar Norbekovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu jamoa 29 yoshli hujumchi bilan joriy yilning oxirigacha davom etadigan shartnoma tuzdi.

Norbekov Bekobodning “Metallurg” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2011 yilda boshlagan Shohnazar O‘zbekiston yuqori divizionida AGMK, “Surxon”, “Qo‘qon-1912”, “Turon” klublari sharafini himoya qilgan.

Tajribali o‘yinchi o‘tgan mavsumni Indoneziyaning “Saba Sumut” jamoasi tarkibida o‘tkazdi.

Shohnazar Norbekov universal hujumchi hisoblanadi. Asosiy ampluasi markaziy hujumchi bo‘lishiga qaramay, har ikki qanotda o‘ynay oladi.

U faoliyati davomida klublar miqyosida jami 196 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 29 ta gol va 16 ta assist yozdirib qo‘ygan.

“Qaysar” jamoasi o‘tgan mavsumni o‘rtamiyona o‘tkazdi. Qizilo‘rdaliklar 26 ta uchrashuvda o‘nta g‘alaba, oltita durang va o‘nta mag‘lubiyat qayd etib, 36 ochko bilan musobaqa jadvalida oltinchi pog‘onani band etdi.

Yangi mavsumda jamoa sharafini mahalliy futbolchilar qatori o‘n bir nafar legioner himoya qilishi kutilmoqda. Rossiyalik darvozabon Stepan Sikach, himoyachilardan ukrainalik Vitaliy Prindeta, burkina-fasolik Ben Zagre, braziliyalik Joao Pedro, rossiyalik Vladimir Ginaitis, yarim himoyachilardan chernogoriyalik Goran Miloyko, ivuarlik Kris Denni Ekra, belaruslik Vasiliy Sovpel va Dmitriy Borodin, serbiyalik hujumchi Nikola Dushich o‘tgan mavsumda ham “Qaysar”da o‘ynagan edi.

Shohnazar Norbekov bu mavsum klubga qo‘shib olingan hozircha yagona legioner bo‘ldi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portali futbolchimizni 200 ming evroga baholamoqda.

3a76e63d0016117752c16e3004f5b5fe

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumda Qozog‘iston Premer-ligasida  Shohnazar Norbekovdan tashqari yana uch nafar legionerimiz to‘p tepadi.

Shahboz Umarov “Ordabasi”dagi faoliyatini davom ettiradigan bo‘lyapti. Chimkentliklar safiga Jasurbek Yaxshiboev ham qo‘shildi.

“Qayrat” klubi o‘zbekistonlik chap qanot himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasidan yil oxiriga qadar ijaraga oldi.

O‘runov O‘zbekistonda biz berishimiz mumkin bo‘lgandan ko‘p maosh olardi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Илҳом
10/02/2024 17:16
Алдар кўса.уз