
O‘zbek futbolchilari Braziliya jamoasi bilan o‘ynaydi!
Belarus poytaxti Minsk shahrida joriy yilning 16-21 fevral kunlari futbol bo‘yicha “Taraqqiyot kubogi-2025” xalqaro turniri tashkil etiladi.
Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, ushbu musobaqada sakkizta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Turnirda Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar iborat terma jamoalari, shuningdek, Braziliyaning “BSA Academy” jamoasi taklif etilgan.
Musobaqa qoidasiga ko‘ra, ishtirokchilar to‘rttadan ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro kuch sinashadi. “A” guruhi ishtirokchilari musobaqa jadvalida nechanchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, “V” guruhida o‘sha o‘rinni egallagan jamoa bilan raqobatlashadi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi “A” guruhida Belarus, Ozarbayjon va BSA Academy jamoalari bilan kuch sinashidgan bo‘ldi. O‘zbek futboli tarbiyalanuvchisi gurhdagi ilk uchrashuvini 16 fevral kuni Braziliyadan kelgan o‘smirlarga qarshi o‘tkazadi.
Musobaqa taqvimi bilan tanishing:
16 fevral
“BSA Academy” — O‘zbekiston U-17
Eron U-17 — Qozog‘iston U-17
Rossiya U-17 — Tojikiston U-17
Belarus U-17 — Ozarbayjon U-17
17 fevral
Eron U-17 — Tojikiston U-17
“BSA Academy” — Ozarbayjon U-17
Rossiya U-17 — Qozog‘iston U-17
Belarus U-17 — O‘zbekiston U-17
19 fevral
O‘zbekiston U-17 — Ozarbayjon U-17
Qozog‘iston U-17 – Tojikiston U-17
Rossiya U-17 — Eron U-17
Belarus U-17 — “BSA Academy”
21 fevral
“A” guruhi 4-o‘rin sohibi – “V” guruhi 4-o‘rin sohibi
“A” guruhi 3-o‘rin sohibi — “V” guruhi 3-o‘rin sohibi
“A” guruhi 2-o‘rin sohibi «A» —“V” guruhi 2-o‘rin sohibi
“A” guruhi g‘olibi — “V” guruhi g‘olibi.
Fayzullaev Ispaniyada porlaydi!
O‘zbek futbolchisi Chempionlar ligasi g‘olibidan taklif oldi
Belous: “O‘zbeklar Angliya va Italiyada o‘ynayapti, Qozog‘istonda bunaqasi ko‘rinmaydi!”
Fikrlar