O‘z yurtida 211 ta gol bilan shohsupaga ko‘tarilmagan yulduz AQShda bir gol urib chempion bo‘ldi!

  • 8 dekabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbolining yorqin iste’dodlaridan Marko Roys faoliyatining yakuniy bosqichini AQSh chempionatida o‘tkazishga qaror qilgan edi.

Tecno

Bundesligada 2009 yildan 2024 yilning yozigacha Myonxengladbax va Dortmundning adash jamoasi “Borussiya”da o‘ynagan 35 yoshli yarim himoyachi o‘tgan avgusida “Los-Anjeles Gelaksi”ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi.

“Los-Anjeles Gelaksi” MLS pley-offi finalida “Nyu-York Red Bullz” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib mamlakat chempioni bo‘ldi.

O‘z yurtida “Borussiya” klublarida 211 ta gol bilan milliy chempionatda birorta marotaba g‘olib chiqolmagan Roys orzular mamlakatiga kelib, dastlabki mavsumidayoq bitta gol bilan milliy chempionatda bosh sovringa ega chiqdi.

Roys Evropada o‘ynagan davrda  dortmundliklar bilan ikki marotaba Germaniya kubogi, uch marta mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan. Lekin bir marta ham Bundesligada shohsupaga ko‘tarilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!