Oxirgi 3 o‘yinning 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan Eldor Shomurodov jamoasi nechanchi o‘rinda?

  • 8 mart, 2021, 19:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyada 26-tur yakunlanmoqda. Bugun "Inter" - "Atalanta" uchrashuvi bu turga yakun yasaydi.

Tecno

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" bu gal safarda harakat qilib, "Roma"ga imkoniyatni boy berdi (1:0). Shu tariqa, genuyaliklar oxirgi uch o‘yinning ikkitasida mag‘lubiyatga uchrashdi. Avvalgi turda "Sampdoriya" bilan durang o‘ynagan "Jenoa" undan oldin mehmonda "Inter"ga yutqazgandi.

Ushbu durang va mag‘lubiyatlar Davide Ballardini shogirdlarini turnir jadvalida yana pastlashlariga olib keldi. Shomurodov jamoasi ayni payt A Seriyada 27 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklar 11-pog‘onaga ko‘tarilgandi.

Quyida A Seriya turnir jadvali bilan tanishing:

Bezymyannyy_17   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!