
O‘tkir Yusupov "Navbahor"dan ketyaptimi?
Avvalroq, "Navbahor" darvozaboni O‘tkir Yusupov "Paxtakor"ga o‘tayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Posbon bu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– "Navbahor" bilan shartnomamni uzaytirdim. Chindan ham "Paxtakor"dan taklif bo‘ldi, biroq uzoq muzokardan so‘ng Namanganda qolishga qaror qildim", - dedi O‘tkir SPORTS.uz sayti jurnalisti bilan bo‘lgan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Yusupov joriy mavsum 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar