Otabek Shukurovning keyingi manzili aniq

  • 7 fevral, 2024, 10:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo kubogi oldidan "Fotih Karagyumruk" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Otabek Shukurov terma jamoa turnirni tark etganidan keyin o‘ziga yangi klub topdi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi "Kayserispor"ga ko‘chib o‘tadi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Faqatgina shartnomaga qo‘l qo‘yish qoldi. Bitim esa 1+1,5 yillik qilib belgilanadi. 

Agarda hammasi mana shunday davom etsa, transfer juma kunidan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda, ya’ni 99 foiz futbolchi "Kayserispor" a’zosiga aylanib bo‘lgan.

İZLE: Fatih Karagümrüklü Otabek Shukurov, Özbekistan'dan gelen ekiple arama  kurtarma çalışmalarına katıldı | Goal.com Türkçe

Yaqindagina Burak Yilmaz kayseriklarni qabul qilib olgandi. U rahbariyatga yangi yarim himoyachi kerakligini ma’lum qildi va uning oldiga qo‘yilgan variantlar orasidan Shukurovni tanladi. Otabekni oldinroq Turkiyaning "Kojaelispor", "Sivaspor" va "Goztepe" kabi klublari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi. 

photo_2024-02-07_10-09-06

Eslatib o‘tamiz, "Kayserispor" Turkiya chempionatida 24-turdan keyin 28 ochko bilan 13-o‘rinda turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!