
Otabek Shukurov: Kimning holati yaxshi bo‘lsa, o‘sha terma jamoada o‘ynaydi
Xabaringiz bor, 26 mart kuni O‘zbekiston va Gana terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin 18:00 da start oladi.
Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida O‘zbekiston MTJ etakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Avvalambor, hammaga Assalomu alaykum. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, ushbu bahsga qiziqish juda ham baland. Chunki raqibimiz nomdor Gana terma jamoasi. Tayyorgarlik yaxshi darajada o‘tdi. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, yuzimiz yorug‘ bo‘lishiga harakat qilamiz".
-Arab diyorida o‘zbek yigitlari ko‘payib qoldi. BAAga birinchilardan bo‘lib borgan futbolchi sifatida, ularga biror tavsiyalar berib turibsizmi?
"Amirliklar bizning futbolchilar uchun yangi joy. Ularga qo‘ldan kelgancha tavsiyalar berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakat qilyapman. Hozir Aziz G‘aniev jarohat olgan. Uning holidan ham xabar olib turibmiz. Biz hammamiz bir yurt farzandlarimiz va bitta terma jamoada harakat qilamiz. Bir-birimizga yordam berish borasida hech qanaqa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas".
Gana MTJ murabbiyi: Raqibda o‘yin falsafasi o‘sha-o‘sha
-Maydon markazida Odil Ahmedov, Aziz G‘aniev kabi futbolchilar yo‘q. Katta yukni o‘z bo‘yningizga olishga tayyormisiz?
Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, terma jamoa doim zo‘r formada bo‘lishi lozim. Bu erda kimning holati yaxshi bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. Terma jamoa libosida o‘tkazgan har bir daqiqa juda katta mas’uliyat yuklaydi. Biz faqatgina munosib bo‘lishga harakat qilamiz.
Gana MTJning O‘zbekistonga ikkinchi tarkib bilan kelishiga sabab nima? Raqib murabbiyi javob berdi
Fikrlar