
Otabek Shukurov gol urgan o‘yinda "Fotix Karagyumryuk" g‘alaba qozondi
Turkiya Superligasining 17-turida o‘rin olgan "Kayserispor" - "Fotix Karagyumryuk" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Otabek Shukurov 66 daqiqada maydonda harakatlandi va bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Merkan va Diagnening dubli jamoaning g‘alabasini ta’minladi. Hisob 2:4.
Shu tariqa, "Fotix Karagyumryuk" turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar