
Otabek Shukurov davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Xabaringiz bor, 30 iyun — "Yoshlar kuni" munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va yana ko‘plab sohalarda faollik ko‘rsatayotgan bir qator yoshlarni orden va medallar bilan taqdirlandi.
Shu jumladan, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Sharja" klubi futbolchisi Otabek Shukurov "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan mukofotlandi.
Shukurov Osiyo miqyosida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish bilan birga, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yoshlariga o‘rnak bo‘ladigan xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun Otabek Shukurov 100dan ortiq yoshlar tahsil olishiga mo‘ljallangan o‘quv markazining ochilish marosimini o‘tkazdi. Ayni shu tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzaev milliy terma jamoamiz futbolchisiga mukofotni topshirdi.
Fikrlar