Otabek G‘ulomxo‘jaev: Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart emas

  • 20 may, 2019, 23:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek ertaga 21 may kuni Andijonda katta futbol bayrami. Oldindan aytilganidek, shu kuni «Sog‘lom avlod» stadionida xalqaro darajadagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bilan Germaniyaning «Berlin» U-18 jamoalari o‘zaro bahs olib boradilar. Muxlislarning esa ushbu uchrashuvga bo‘lgan qiziqishlari katta. Ikkala jamoa vakillari ham Andijonda juda iliq kutib olindi. Uchrashuvdan oldin esa ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. «Vella Elegant» mehmonxonasida uyushtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston U-18 bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev ishtirok etdi va unga futbolchilardan Jasur Jaloliddinov bilan Abduvohid Ne’matov hamroxlik qilishdi.

Tecno

- Ochig‘i, raqibimiz haqida ko‘p ham ma’lumotga ega emasmiz. Biz o‘z odatimizga ko‘ra tayyorlandik va ertangi bahsga tayyormiz de bayta olaman, - deydi G‘ulomxo‘jaev.

- Ertaga terma jamoamizning g‘alaba qozonishi shartmi?

- Yo‘q. Buni oldimda o‘tirgan futbolchilarimiz oldida ham bemalol ayta olaman. Birinchi navbatda jamoaviy o‘yinni shakllantiryapmiz va turli taktik uslublar ustida ishlayapmiz. Agarda o‘yinimizda xato ko‘rinadigan bo‘lsa, aynan hozir ko‘rinsin. Ertaga hal qiluvchi uchrashuvlar paytida yana o‘sha xatolar yuz beradigan bo‘lsa, u holda bu kechirilmaydi. Biz uchun natija faqat asosiy bosqichlarda bo‘ladi. Hozir esa natija ahamiyatsiz.

- Ayni paytda sizni nima xavotirga solmoqda?

- Rostini aytsam, bizda markaziy himoyachi bilan bog‘liq muammolar bor. Bu borada qanot himoyachilarini ushbu pozitsiyada o‘ynatishga majbur bo‘lyapmiz. O‘rta chiziq vakillaridan esa ko‘nglim to‘q va bu pozitsiyada raqobat ham kuchli.

- O‘yinning Andijonda o‘tkazilishi jamoa a’zolariga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?

- Ushbu o‘yinga muxlislar tomonidan qiziqish katta. Aslida esa bu o‘yin Toshkentda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Andijonga selektsiya uchun borganimda viloyat futbol assotsiatsiyasining vitse-prezidenti Bekzod Karimov bu o‘yinni Andijonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Bizga ham taklif yoqdi. Chunki futbolchilarimni stadiondagi qaynoq muhitda o‘zlarini qanchalik ko‘rsata olishlarini bilib olamiz. Chunki bizdagi o‘yinchilar bunday muxlislar qarshisida hali ko‘p o‘ynashmagan. Shu tomonlama ham bu o‘yinning biz uchun foydali tomonlari ko‘p.

- Jasur, bo‘lajak bahs oldidan nimalarni o‘ylayapsiz?

- Terma jamoa vakillarini oldindan bilaman. Bu jamoa bilan nimagadir erishishimizga ko‘zim etadi. Asosiy tarkibda o‘ynab o‘zimga ishonch paydo bo‘lganidan keyin menga yanada qiyin bo‘ldi. Chunki buning mas’uliyati ko‘proq bo‘ladi. Negaki, endi mendan ko‘p narsa kutishadi. Natijada o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, mas’uliyatni chuqurroq his qilishga harakat qilyapman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
G'olibsher
21/05/2019 10:07
Nasib etsa bu yil navbaxor ham OChL da o'ynaydi omad navbaxorga
&
Kosonsoy.2019
21/05/2019 09:18
Hammaga salom kupchilik navbahor muxlislari qatori men ham regdan utdim shu saytni hammamiz birgalikda yanada rivojlantiramiz xudo xoxlasa qolgan vodiylik andijonlik va fargonalik muxlislarni ham shu saytga chaqiramiz aminmanki vodiyliklar bu fikrimni uqishadi olga navbahor olga vodiy olga sports uz