Oston O‘runovni "Spartak"da yana bir muammo kutmoqda

  • 14 dekabr, 2020, 21:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" klubi yarim himoyachisi Matias Normann faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Chempionat» nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Spartak" klubi Matias Normannga qiziqish bildirmoqda. "Qizil-oqlar" 24 yoshlik xavbek bilan qishda shartnoma imzolamoqchi va tez orada muzokaralar boshlanadi. Tomonlar allaqachon bog‘lanib, norvegiyalik futbolchining transfer imkoniyatlarini muhokama qilganlar.

2019 yil yanvarda "Brayton"dan Rossiyaga ko‘chib o‘tgan Normann "Rostov" bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolagan.

Matias Normann yarim himoyada to‘p tepadi. Ushbu pozitsiyada hamyurtimiz Oston O‘runov ham o‘ynaydi. Shundoq ham "Spartak"dagi faoliyati ko‘ngildagidek kechmayotgan Oston uchun bu yana bir muammoni keltirib chiqarishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
14/12/2020 22:42
Муаммола ҳали тиқилиб ётипти. Остон кет, обрўйинг борида. Жуда бўлмаса, УФАга қайт.
&
Okasi
14/12/2020 22:39
Осилма, Остон, "Спартак"да сани ўйнатишмиди! И ўзинам лойиқмассан. Без обиды. Кет ўзингга мос жамоага.