Oston O‘runov yangi mavsumni Rafael Benites qo‘l ostida boshlashi mumkin

  • 26 mart, 2021, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Spartak" klubi ispaniyalik mashhur mutaxassis Rafael Benitesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"Sport-Ekspress" nashrining yozishicha, 60 yoshli Benites “Spartak” bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Moskvaliklarning amaldagi ustozi Domeniko Tedesko esa klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas va yozda jamoadan ketmoqchi.

Bundan avvalroq, Benites faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. U Xitoyning "Dalyan Ifan" klubidan ketgach hozircha ishsiz hisoblanadi. U murabbiylik faoliyati davomida "Valensiya", "Liverpul", "Inter", "Napoli", "Real" va "Chelsi" klublarini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov "Spartak" a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!