
Oston O‘runov o‘ynagan o‘yinda "Zenit" g‘alaba qozona olmadi (video)
Rossiya premer-ligasining 29-turida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan “Ufa” o‘z maydonida muddatidan avval chempionlikni naqd qilgan “Zenit”ni qabul qildi.
Afsuski, uchrashuv 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi. Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Oston O‘runov 57-daqiqada Filip Mrzlyak o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar