Oston O‘runov o‘ynagan o‘yinda "Ufa" Moskvada TsSKAdan ochko tortib oldi (video)

  • 2 may, 2021, 00:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 28-turida hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p suradigan “Ufa” safarda TsSKA mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Moskvadagi o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, Filip Mrzlyak 66-daqiqada ufaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 71-daqiqada Fyodor Chalov mezbonlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Oston O‘runov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 74-daqiqada Filip Mrzlyak o‘rniga maydonga tushirildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!