
Oston O‘runov "Istiqlol" va "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlar oldidan jarohat oldi
Kecha Eron Pro-ligasi 4-turi doirasidagi "Persepolis" - "Aluminium" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi vingeri Oston O‘runov mazkur bellashuvni odatdagidek asosiy tarkibda boshladi va jarohat olib zaxiraga olindi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, legionerimizning jarohati jiddiy emas. Biroq hammasi tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. "Persepolis"ning navbatdagi o‘yini Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Istiqlol" bo‘ladi. Keyin esa Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni "JCh-2026 saralashi" doirasida Eronni qablul qiladi. Eng muhimi mana shu bahsda termamizning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lgan O‘runovning sog‘ va fomada bo‘lishi juda muhim.
Fikrlar