O‘smir bokschilarimiz Tojikistondagi xalqaro turnirda 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Tojikistonning Xo‘jand shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida xalqaro xotira turniri o‘z yakuniga etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Musobaqada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston mamlakatlaridan 200 nafarga yaqin o‘smirlar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-44 kg: A. Abduraimov
-50 kg: X. Qahhorov
-63 kg: E. Baxtiyorov
-66 kg: J. Olimjonov
-75 kg: K. Xamzaev
Kumush:
-54 kg: S. Zaripov
-60 kg: F. Ismoilov
-66 kg: Sh. Alisherov
+80 kg: M. Alijonov
Bronza:
-52 kg: Sh. Qahhorov


Fikrlar