Oskar Tabares: Urugvayda Suares va Kavanidan boshqa etakchi futbolchilar ham bor

  • 20 mart, 2019, 23:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Matbuot anjumanida Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares ishtirok etdi va mazkur musobaqa, O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan jamoadagi yo‘qotishlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"China Cup'da ilk bor qatnashmayapmiz va va bu borada tajriba bor. Ushbu musobaqada ishtirok etishimizdan xursandmiz, bu biz uchun sharaf. Turnirdagi qolgan uch jamoaning o‘yinlarini yaxshi baholayman.

Afsuski, ikki etakchi futbolchimiz: Luis Suares va Edinson Kavanilar Xitoyga kelishmadi. To‘g‘ri, Suares va Kavanilarning jamoadagi roli katta, ammo ilk marta o‘ynamayapmiz va Urugvayda boshqa etakchi futbolchilar ham bor. Umid qilamanki, bularning barchasini unutib, bor e’tiborni bo‘lajak o‘yinga qaratamiz. Ochig‘ini aytganda, intizorlik bilan mazkur o‘yinlarni kutmoqdaman", - dedi Tabares.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!