
Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarimiz Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi noyabr oyida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarimiz yig‘in doirasida 5-8 noyabr kunlari Koreya U-20 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Har ikkala bahs Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
U-20. Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
5-noyabr
O‘ZBEKISTON — Koreya Respublikasi.
8-noyabr
O‘ZBEKISTON — Koreya Respublikasi.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar