
Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Dohada Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi
Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi may oyida Dohada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. O‘smirlarimiz mazkur yig‘in doirasida qatarlik tengdoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yosh toifasidagi futbolchilarimiz 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan U-17 Osiyo kubogida ishtirok etadi. Unda vakillarimiz Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan birga "D" guruhidan joy olgan.
Qayd etish kerak, Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadigan final bosqichi o‘yinlari qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.
Fikrlar