“Osiyo kubogi U-23”da Fayzullaevning o‘rnini kim bosadi?

  • 12 aprel, 2024, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi Qatar mezbonlik qiladigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

Tecno

Bu musobaqa yozda Frantsiya poytaxti Parij shahrida o‘tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyati. Osiyo kubogi sovrindorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri olimpiya litsenziyasiga ega bo‘ladi. To‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoa esa Afrika vakili Gvineyaga qarshi pley-offda to‘p tepishi belgilangan.

Sports.uz portali Osiyo kubogining O‘zbekiston, Kuvayt, Vetnam va Malayziya terma jamoalaridan tarkib topgan “D” guruhi haqida ma’lumot beradi.

O‘ZBEKISTON U-23 TERMA JAMOASI

Avvalgi ishtiroklari: 5 marta

Eng yaxshi natija: Chempion (2018 yil)

2022 yildagi ko‘rsatkich: Ikkinchi o‘rin

Saralashdagi natijasi: “E” guruhi g‘olibi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga ortiqcha qiyinchiliksiz chiqdi. Yurtimizda tashkil etilgan saralash turnirida futbolchilarimiz Afg‘onistonni 8:1, Gonkongni 10:0 va Eronni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Avvalgi uchta musobaqada yarim finalga chiqa olgan futbolchilarisiz bu gal ham uzoqqa borishni ko‘zlamoqda. Maksimal natija chempionlik va minimal vazifa tarixiy ilk olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat bo‘lishi kundek ravshan.

Timur Kopadze tarkibga “Lans”dan Abduqodir Husanov, TsSKAdan Abbosbek Fayzullaev, “Al-Vahda”dan Hojimat Erkinovni jalb qila olmadi. Yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi FIFA kunlaridan tashqarida o‘tkazilayotgani bois klublar legionerlarimizni qo‘yib yubormadi. Biroq bu borada muzokaralar davom etmoqda.

Xo‘sh, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi etakchisi Abbosbek Fayzullaev Qatarga kelmagan taqdirda uning o‘rnini kim bosadi?

Terma jamoamiz tarkibida Jasur Jaloliddinov, Umarali Rahmonaliev,  Ruslan Jiyanov, Husayn Norchaev kabi xorijiy chempionatlarda tajriba to‘plagan futbolchilar bor. Qolaraversa, musobaqaga jalb qilingan har bir o‘yinchi bellashuvlarda birdan porlashi mumkin.

Bo‘lajak turnir iste’dodli yosh o‘yinchilarga o‘z salohiyatini namoyon qilish uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

KUVAYT U-23 TERMA JAMOASI

Avvalgi ishtiroklari: 2 marta

Eng yaxshi natija: Guruh bosqichi

2022 yildagi ko‘rsatkich: Guruh bosqichi

Saralashdagi natija: Ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rt jamoadan biri.

Kuvaytliklar saralashni ikkinchi o‘rinda yakunladi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, musobaqaning final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu muvaffaqiyatga erishishlarida saralash o‘yinlarida to‘rtta gol urgan Salmon Muhammadning xizmati katta bo‘ldi.

Kuvayt mazkur to‘purar yordamida o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga chiqish uchun kurashadi.

VЬETNAM U-23 TERMA JAMOASI

Avvalgi ishtiroklari: 4 marta

Eng yaxshi natija: Ikkinchi o‘rin (2018 yil)

2022 yildagi ko‘rsatkich: Chorak final

Saralashdagi natija: “S” guruhi g‘olibi

Vetnam Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib chiqishi mumkin edi. Lekin Xitoyda o‘tgan musobaqaning finalida qo‘shimcha taymlarda ular O‘zbekiston terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Vetnamliklar o‘zlari uchun muvaffaqiyatli kechgan saralash turnirida Guamni 6:0, Yamanni 1:0 hisobida engib, Singapur bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Bosh murabbiy yoshlar o‘rtasidagi chempionatga Vetnam milliy terma jamoasidan etti nafar o‘yinchini jalb qilgan. Bu omil ularni pley-offga chiqish uchun asosiy da’vogarga aylantiradi.

MALAYZIYa U-23 TERMA JAMOASI

Avvalgi ishtiroklari: 2 marta

Eng yaxshi natija: Chorak final (2018 yil)

2022 yildagi ko‘rsatkich: Guruh bosqichi

Saralashdagi natija: Ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi to‘rt jamoadan biri.

Saralash turnirida Bangladesh va Filippin ustidan qozonilgan g‘alabalar malayziyaliklarga Osiyo kubogi final bosqichi eshigini ochdi. Ular bu gal 2018 yilda erishilgan eng yuqori natijalarini yangilashga harakat qilishadi.

Bosh murabbiy Xuan Garrido bu yo‘lda Nua Layne, Muxayri Ajmala va Yaponiyada o‘ynayotgan Luqmon Hakimga tayanadi.

O‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak

Shomurodovni o‘ylab o‘tirmay, transfer qilamiz!

Shomurodov bizga kerakmi?

Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...

“Bavariya” masalasi yana ko‘tarildi. Fayzullaev va TsSKA munosabat bildirdi!

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdiIkki mashhur bokschi o‘lim bilan olishmoqda

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
A.Sh
12/04/2024 15:30
Bizga 26 apreldan 29 aprelgacha ulardan uchtasi kerak bo'ladi, chorak final va yarim final o'yinlarini o'tkazish uchun bir haftadan kam vaqt kerak bo'ladi/ Biz ularsiz albatta guruhda g'alaba qozonamiz va 17 apreldan boshlab dastlabki uchta o'yinda bizga kerak emas.