
Osiyo Kubogi saralashi. Bugun O‘zbekiston Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi
Bugun U17 Osiyo Kubogi saralash bosqichi doirasidagi ikkinchi tur bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan ushbu bosqichda O‘zbekiston yoshlar jamoasi koreyalik tengqurlariga qarshi bahs olib boradi. "Jar" stadionida o‘tkaziladigan o‘yin 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari ilk turda Bruney ustidan 14:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar