
Osiyo chempionatida ikkita medal qo‘lga kiritildi
Quvaytda qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslari yakunlandi.
Mazkur toifada kechgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 ta kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Har ikki medalni sablyachilarimiz jamoaviy dasturda qo‘lga kiritishdi. Xitoylik qilichbozlarga qarshi kechgan finallarda yigitlarimiz 17:45, qizlarimiz esa 44:45 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi. Ertaga yoshlar o‘rtasidagi bahslarga navbat beriladi.
Fikrlar