Osiyo chempionati taqvimi. O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlari sanasi ma’lum

  • 7 dekabr, 2019, 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2020 yilning 26 fevral – 8 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobodda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Kecha mazkur musobaqaning final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi "C" guruhidan o‘rin oldi. Futzalchilarimizga guruhda Bahrayn, Xitoy hamda Indoneziya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Qit’a futbol konfederatsiyasi futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020ning taqvimini tasdiqladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati

“C” guruhi: O‘zbekiston, Bahrayn, Xitoy, Indoneziya

1-tur:

27 fevral | “Jang san’atlari arenasi”

O‘zbekiston – Indoneziya

2-tur

29 fevral | “Jang san’atlari arenasi”

Xitoy – O‘zbekiston

3-tur

2 mart | “Jang san’atlari arenasi”

O‘zbekiston – Bahrayn

Chorak final

4 mart | “Jang san’atlari arenasi”

“C” guruhi g‘olibi – “D” guruhi 2-o‘rin

“D” guruhi g‘olibi – “C” guruhi 2-o‘rin

Yarim final

6 mart | “Asosiy usti yopiq arena”

Final / 3-o‘rin uchun o‘yin / 5-o‘rin uchun o‘yin

8 mart | “Asosiy usti yopiq arena”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!