
Osiyo chempionati (U23). Amaldagi finalchi - Vetnam ilk turda BAA bilan nursiz durang qayd etdi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun "D" guruhida ham kurash boshlandi. Vetnam terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvini Birlashgan Arab Amirliklari termasiga qarshi o‘tkazdi. O‘yin 0:0 hisobida nursiz durang bilan yakunlandi.
"D" guruhi. 1-tur.
Vetnam U23 - BAA U23 0:0
Eslatib o‘tamiz, guruhning ikkinchi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi. Unda Shimoliy Koreya va Iordaniya o‘zaro kurash olib boradi.
Fikrlar