
"Osiyo bolalari-2022". Sportchilarimiz medal jamg‘arishda davom etmoqda
Rossiyaning Vladivostok shahrida "Osiyo bolalari" sport o‘yinlari davom etmoqda.
Bugun bahslarda ishtirok etayotgan vakillarimiz ham medallar jamg‘arishda davom etmoqda. Taekvondochimiz Laylo Zayniddinova -55 kg vazn toifasida kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari, stol tennisi ustalari Shohruh Iskandarov va So‘g‘diyona Ibodullaeva ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Mikst dasturida ishtirok etgan ushbu juftlik musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar