
"Osiyo bolalari-2022". Sportchilarimiz ikkita oltin medal va bitta bronza medalga ega chiqdi
Suzuvchimiz Daler Sufyanov 100 metrga "butterfly" usulida suzish bahsida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada delegatsiyamizning ilk oltin medaliga taekvondochimiz Zebiniso Hoshimjonova mualliflik qildi. -44 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqa chempioniga aylandi.
“Osiyo bolalari" musobaqasida delegatsiyamiz hisobida ikkinchi oltin. Yana bir taekvondochimiz Shamsiddin Qurbonov oltin medalga sazovor bo‘ldi. -48 kg vazn toifasida jang qilgan Qurbonov barcha raqiblari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Fikrlar