
“Osiyo bolalari-2022”: O‘zbekiston delegatsiyasi nechanchi o‘rinda bormoqda?
O‘yinlarning birinchi kungi dasturida 10ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. E’tiborli jihati, bugungi bellashuvlar davomida o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Hamyurtimiz Asadbek Abdumalikov 200 metrga batterflyay usulda suzish bo‘yicha belgilangan masofani ikkinchi bo‘lib bosib o‘tib, VII “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida jamoamizning dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
Iste’dodli sportchimizning ushbu medali hisobiga hozirda ishtirokchilar orasida umumjamoa hisobida O‘zbekiston kuchli beshlikdan joy egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, “Osiyo bolalari-2022” bahslarida 15 mamlakat, Rossiya Federatsiyasining alohida 8 ta okrug va respublika jamoalarining 1350dan ziyod sportchi bolalari qatnashmoqda.
Fikrlar