
"Osiyo bolalari-2022". Bugun qaysi sportchilarimiz bahslarga kirishadi?
“Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlarida birinchi medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Unda suzish bahslarining 10 ta dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bellashuvlarda qatnashayotgan tarkibimiz esa quyidagicha:
100 metrga erkin usulda suzish, yigitlar: Diyor Xo‘jaev, Ziyodulla Orifxo‘aev
100 metrga erkin usulda suzish, qizlar: Osiyoxon Rajabova, Mahdiya Muxtorova
800 metrga erkin usulda suzish, qizlar: Iroda Bekmurodova
200 metrga chalqancha usulda suzish, qizlar: Nozimaxon Ismoilova, Ulyana Nazmuddinova
200 metrga chalqancha usulda suzish, yigitlar: Xondamir Po‘latov
200 metrga batterflyay usulda suzish, yigitlar: Asadbek Abdumalikov
4×100 metrga erkin usulda suzish, qizlar: Parizod Abdukarimova, Ulyana Nazmuddinova, Osiyoxon Rajabova, Mahdiya Muxtorova
4×100 metrga erkin usulda suzish, yigitlar: Ziyodulla Orifxo‘jaev, Daler Sufyanov, Diyor Xo‘jaev, Asadbek Abdumalikov.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar