Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga etib keldi

  • 2 aprel, 2021, 19:20
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Shu kunlarda O‘zbekistonda yirik boks bayrami o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan yurtimizga boks olamining nufuzli shaxslari tashrifi davom etmoqda.

Tecno

Biroz avval yurtimizga Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotaiba boshchiligidagi delegatsiya ham O‘zbekistonga etib keldi.

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi o‘rinbosari Saken Polatov tomonidan kutib olindi.

"Bu O‘zbekistonga birinchi tashrifim emas. Yurtingiz bokschilariga ortiqcha ta’rif berib o‘tirish shart emas. Ishonamanki, ertangi jang oqshomida ham bokschilarimiz muvaffaqiyatli jang o‘tkazishadi. O‘zbekistonga kelganimdan xursandman", - dedi Anas Alotaiba.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!