
Osimxen o‘rniga undan zo‘ri keladi
“Galatasaroy” klub rahbariyati “Napoli” bilan ziddiyatga borgan hujumchi Viktor Osimxenni ijaraga olib o‘ynayotgan edi.
Nigeriyalik hujumchi Turkiya chempionatida uzoq vaqt qolmaydigan ko‘rinadi. Uni “Manchester Yunayted” o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida “Napoli”ga taklif tayyorlayapti.
TEAMtalk nashriga ko‘ra, Italiya klubi to‘purarni yanvarda sotib yuborishni maqsad qilgan.
O‘z navbatida, “Galatasaroy” ham Osimxen o‘rniga boshqa hujumchi olib kelishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turklar “Tottenxem” sardori Son Xyon Minni nishona oldi.
Koreyalik futbolchining “shporlar” bilan shartnomasi kelasi yoz yakuniga etadi. Songa boshqa da’vogarlar ham bor.
Fikrlar