
O‘runovning jamoasi irodali g‘alabaga erishdi
Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan "Spartak" jamoasi bugun "Shaxtyor" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. "Jebel Ali" sport majmuasida kechgan uchrashuvda moskvaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Oston O‘runov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi.
Soligorskliklar safida Shahzod Ubaydullaev 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. "Spartak" ertaga "Riga" jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushsa, "Shaxtyor" 9 fevral sanasida "Pyunik" bilan kuch sinashadi.
Nazorat o‘yini
"Spartak" (Rossiya) - "Shaxtyor" (Belarus) 2:1
Gollar: Ayrton (76), Sobolev (80) - Filipenko (26).
Fikrlar