
O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Metallurg"ni mag‘lub etdi
FIFA kunlarida Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan "Dinamo" jamoasi "Metallurg" klubi mehmoni bo‘ldi.
Bekoboddagi markaziy stadionda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan Kojo Joel va O‘zbekiston olimpiya jamoasida bo‘lgan Odilbek Abdumajidov ishtirok etmadi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida samarqandliklar hisobni ochishdi. Iminovning uzatmasidan keyin Emmanuel Yagr "Metallurg" darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0. 35-daqiqaga kelib mezbonlar Marko Milichkovichning goli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 1:1. Zaxiradan maydonga tushgan Abubakr Muydinov 75-daqiqada to‘pni darvozabon ustidan oshirib, chiroyli gol muallifiga aylandi – 2:1.
Shu tariqa, "Dinamo" o‘rtoqlik o‘yinida Bekobodda "Metallurg"ni mag‘lub etdi. Abramov shogirdlari navbatdagi bahsda 13 iyun kuni "Olimpik"ga qarshi Superliganing qoldirilgan o‘yinida maydonga tushadi.
Fikrlar