O‘rta Osiyo futboliga birinchilardan bo‘lib ko‘chib o‘tgan afrikalik legioner futbolchilar kimligini bilasizmi? Ularning hech biri 30 yoshga ham etib bormagan! Achinarli hikoya

  • 14 fevral, 2023, 00:23
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1989 yilda Sobiq Sovet mamlakati afrikalik legionerlar uchun o‘z futbol eshiklarini ochadi. Zambiyalik Derbi Makinka, Vizdom Chansa va Pirson Mvanza birinchilardan bo‘lib SSSR klublari tarkibidagi xorijlik futbolchi maqomini oladi. Bugun, SPORTS.uz aynan shu yigitlarning ayanchli hayoti haqidagi hikoyani taqdim etadi.

Tecno

1983 yil endigina murabbiylikni boshlagan rossiyalik taniqli mutaxassis Yuriy Syomin Tojikistonga yo‘l oladi. U birinchi ligada to‘p surayotgan Dushanbening “Pomir” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Kelajakda Rossiyaning “Lokomotiv” jamoasi afsonasiga aylanadigan mutaxassis 1986 yilga qadar “Pomir” boshqaruvida faoliyat olib boradi. U qurgan fundamentni mahalliy mutaxassis Sharif Nazarov munisob davom ettirdi. Shu tariqa, 1988 yilda jamoa Oliy ligaga yo‘l oldi. Keyin, ish yuzasidan Misr tomonlarga ketib qoldi. Bo‘sh qolgan o‘rinni Oleg Xabi egalladi. Aytishlaricha, aynan shu murabbiyning istagiga ko‘ra Dushanbe shahrida 3 ta afrikalik legioner futbolchi paydo bo‘lgan. 24 yoshli yarim himoyachi Makinka ("Profund Uorirorz"), 21 yoshli Mvanza ("Pauer Daynamoz") va 25 yoshli Chansa ("Pauer Daynamoz") katta umidlar bilan Tojikistonga ko‘chib keladi.

o34psh3opsh

Shu o‘rinda, bu transferlar shunchaki amalga oshirilmaganini alohida e’tirof etish lozim. Ular ko‘chada qolgan afrikaliklar emas, 1988 yilgi Olimpiadada Zambiya termasi safida Italiyani guruhda qoldirib ketgan yulduzlar edi. Keyinchalik, ular ortga qaytib, Zambiya terma jamoasi safida Afrika Millatlar kubogining bronza medallariga ega chiqqani so‘zimizga isbot bo‘lishi mumkin. Sodda qilib aytganda, Oleg Xabi bu yigitlar O‘rta Osiyo jamoasini kuchaytirishga qodir deb hisoblagan.

“Pomir” 1989 yilgi mavsumda bor kuchi bilan elitada jon saqlab qolish uchun kurash olib boradi. Yangi kelgan futbolchilar yana birinchi ligaga ravona bo‘lmaslik uchun klubga yordam berishi ko‘zda tutilgan edi.
Zambiyalik yigitlar issiq o‘lkalardan anchagina sovuq iqlimga ko‘chib kelgani bois, sport formasini tiklashda katta qiyinchilikka duch keldi. Oktyabr oyining o‘rtalariga kelib, sport forma tiklandi, ammo…
O‘sha jamoaning sobiq darvozaboni Andrey Manannikov keyinchalik “SPORTS Express” nashri uchun bergan intervyusida vaziyatni batafsil so‘zlab bergandi:

“Zambiyaliklar g‘aroyib edi. Ichkilik ichishni juda yaxshi ko‘rishardi. Inturist mehmonxonasiga joylashib olgach, deyarli bardan chiqmay qo‘yishdi. Kuz kelishi bilan, sovuq havoda futbol o‘ynashdan bosh tortishdi. Keyinchalik, ularning barchasi anchagina semirib ketdi. Futbolchiga ham o‘xshamay qoldi”.

Makinka va Chansa ilk bor “Pomir” safida Oliy liganing 27-turida maydonga tushdi. Moskvada “Torpedo”ga qarshi bahsda yigitlar 90 daqiqa harakat qildi, ammo mehmonlar 0:4 hisobida engildi. O‘sha bellashuvda ishtirok etgan futbolchi Alimjon Rafiqov shunday xotirlaydi:

kfo34kfo3k4f

“Ularga bu erda qiyin bo‘lgani rost. Yodimda bor, asosiy ustunligi jismoniy tayyorgarligi va to‘p uchun keskin kurashadigan himoyachilarida bo‘lgan “Torpedo” bilan mehmonda o‘ynadik. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan zambiyaliklar 15-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda oqarib ketdi. Ular asosan texnik tomondan kuchli bo‘lgani bois, kurashlardan qochishga intilar, biroq raqib birinchi imkon bo‘lishi bilan legionerlarimizni turtib ketishni kanda qilmasdi. Shunga qaramay, afrikaliklarning tarkibimizda borligi bizni yanada mashhur qilib yubordi. Moskvadagi mashg‘ulotlarimizga muxlislar kelib tomosha qilganini hech ham unutmayman”.

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bilan ligada qolish uchun "jang" so‘nggi turlarga qadar davom etadi. Ayniqsa, tomonlarning Tojikistondagi to‘qnashuvi hali-hamon mahalliy futbolchilarning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. O‘sha bahsda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi. Mvanza o‘yin yakunlanishiga 15 daqiqa qolganda maydonga tushadi, ammo hisobga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Makinka va Chanse esa, kun juda sovuq bo‘lgani bois bellashuvda ishtirok etishdan bosh tortadi. O‘sha kuni havo harorati +22 bo‘lganini inobatga olsak, zambiyaliklarning qanday issiq o‘lkadan kelganini tasavvur qilish mumkin.

Oliy ligadan tushib ketmaslik uchun jon-jahdi bilan kurash olib borayotgan “Pomir” 29-turda “Rotor” mehmoni (0:1) bo‘ladi. Bu safar Mvanza 79, Chansa 11, Makinka esa, 16 daqiqa maydonda to‘p suradi. So‘nggi turda "Pomir" elitada jon saqlab qolish uchun “Metallist” bilan kuch sinashadi. Maydon egalarini durang ham qanoatlantirgani uchun o‘ta ehtiyotkor o‘tgan o‘yin 0:0 natijasida nihoyasiga etadi. Mvanza 90, Makinka 52, Chansa 38 daqiqa harakat qiladi.

Aynan shu bahsdan so‘ng Zambiyadan kelgan uch og‘a-ini botirlarning Tojikistondagi sarguzashtlari yakunlanadi. Uchalasi bir bo‘lib ham birorta gol urmaganiga qaramay, Makinka faoliyatini Polshaning “Lex” klubida davom ettirdi. Qolganlar, issiq o‘lka – Zambiya tomonlarga ravona bo‘ldi.

Shu erda hikoyani tugatish mumkin, ammo uning bosh qahramonlari taqdiri qanday kechgani barchaga qiziq. Achinarlisi shundaki, qahramonlarimizning birortasi 30 yoshga ham kirmay, olamdan o‘tadi. Makinka va Chansa aviahalokat sababli vafot etadi.

1993 yilda Zambiya terma jamoasi "JCh-94" uchun jiddiy kurashga kirishadi. Birinchi bosqich muvaffaqiyatli yakunlangach, ular Marokash va Senegal termalariga qarshi yo‘llanma uchun kurashga kirishdi. Guruh g‘olibigina AQShda o‘tadigan mundial ishtirokchisiga aylanishini hisobga olsak, kurash shavqatsiz kechgani aniq. Avvaliga, o‘z uyida Marokash 2:1 natijasida dog‘da qoldiriladi. Ikkinchi o‘yin 1993 yilning 2 may sanasida, Senegalda bo‘lishi rejalashtirilgan edi.

opshukopshukopuk

Zambiya qashshoq mamlakat bo‘lgani bois, Senegalga etib borish uchun transport masalasi o‘rtaga tashlanadi. Natijada, harbiy samalyot hisoblangan “DHS-5D Buffalo”dan boshqa variant yo‘q ekanligi ma’lum bo‘ladi. Texnika ancha eskib bo‘gani tufayli texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan edi. Boz ustiga, Zambiyadan Senegalga qadar uchib kelish uchun 3 marotaba yoqilg‘i quyish uchun to‘xtash lozim edi.

Avvaliga, Kongoga qadar hech qanday muammosiz etib kelindi, biroq bort mexaniklari o‘ng qanotdagi dvigatelda muammo borligini ma’lum qiladi. Pilot Fonten Mone esa, keyingi manzilga qadar etib olish kerakligini aytib, parvozni davom ettiradi. Afsuski, samolyot 500 metr balandlikka chiqqanida, o‘ng qanotda yong‘in chiqadi. Pilot dvigatelni o‘chirish o‘rniga ortga burilmoqchi bo‘ladi, ammo shamolning kuchli esishi sababli Atlantika okeaniga qulab tushadi. Oradan 10 yil o‘tganidan so‘ng e’lon qilingan ma’lumotlarga qaraganda, uchuvchi bir sutka davomida rulda bo‘lgani bois, yong‘in chiqqan dvigatelni emas, chap qanotdagi dvigatelni o‘chirgan ekan…
Makinka va Chansadan tashqari bortda yana 16 futbolchi ham bor edi. Umumiy hisobda 30 inson bu omadsiz parvoz qurboniga aylanadi.

Mvanza esa, Zambiya terma jamoasidan boshqa chaqiruv olgani yo‘q. Biroz muddat futbol o‘ynagach, butsalarini mixga ilishga qaror qildi. 1997 yilda noma’lum kassallikdan vafot etadi. Shu tariqa, Sobiq Sovet mamlakatida to‘p surgan ilk legionerlarining hikoyasi o‘z yakuniga etadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!