Onananing MYudagi kelajagi hal bo‘ldi

  • 16 iyun, 15:38
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda yomon o‘yin ko‘rsatgan "Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana, katta ehtimol bilan jamoada qoladi va ikkinchi imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Tecno

MYu bosh murabbiyi Ruben Amorim darvozabon pozitsiyasiga yangi o‘yinchi sotib olishni so‘ragan, biroq klub mablag‘ni boshqa maqsadlar uchun sarflashni xohlamoqda.

Onana jamoada qoladi, Tom Xiton va Altay Bayındır esa zaxira o‘yinchilari rolini bajarishda davom etadi. 39 yoshli Xitonga yana bir mavsumga mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif etiladi. Shu bilan birga, "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines endi o‘z faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!