
Onanadan norozi “Manchester Yunayted” darvozabonning zo‘rini olib keladi
“Manchester Yunayted” yozda asosiy darvozabon sifatida Andre Onanani transfer qilgan edi. Lekin bu posbon kutilgan samara bermayapti.
Klub mutasaddilari darvozani qo‘riqlashga boshqa nomzod topdi. Manchesterliklar “Atletiko” posboni Yan Oblakni olib kelmoqchi. Bu haqida Todofichajes nashri yozdi.
Aslida “Manchester Yunayted” Yan Oblakka anchadan beri qiziqib keladi. Klub 30 yoshli posbonni yanvar oyida transfer qilmoqchi.
Mutaxassislar bu transferni 35 million evroga baholamoqda. Oblakning madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Yan Oblak klublar miqyosida jami 512 ta uchrashuv o‘tkazib, 419 ta gol o‘tkazgan va 239 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar