"Oltin to‘p" yo‘lidagi duel: Nunu Mendesh Yamal va Dembele ho‘rtasidagi kurash haqida nimalar dedi?

  • 9 iyun, 15:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va PSJ klubi himoyachisi Nunu Mendesh "Oltin to‘p" uchun kurash haqida fikr bildirdi. 22 yoshli futbolchi Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan edi. U o‘yin davomida asosiy favoritlardan biri sanalgan Lamin Yamalga qarshi samarali harakat qildi.

Tecno

"Yamal va Dembele o‘rtasidagi kurashmi? Bu borada alohida fikrim yo‘q. Usmon bilan birga o‘ynaganman, u ajoyib o‘yin namoyish etgan. Lamin ham juda zo‘r mavsum o‘tkazdi. Ikkalasi ham haqiqiy yuqori saviyadagi futbolchilar.

Dembele "Barselona"da harakat qilganida ko‘p jarohatlar olgandi. PSJda nima bo‘lganini bilmayman, lekin hozir u o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatyapti. U nafaqat yaxshi futbolchi, balki yaxshi inson ham. Men unga "Oltin to‘p"ni yutib olishini tilayman va bu yo‘lda unga yordam berishga harakat qilaman" – deya ta’rif berib o‘tdi chap qanot himoyachisi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 2024/25 yilgi mavsumda Liga 1, Chempionlar ligasi va Frantsiya kubogida g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!