Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “Paxtakor” to‘purari O‘runov haqida gapirdi

  • 12 dekabr, 2020, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonning ilk chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan va to‘purarlar bahsining birinchi g‘olibi sifatida tarixda qolgan Valeriy Kechinov “Spartak”dagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Tecno

- Gazizovning qisqa fursatda bosh direktorlik vazifasidan ozod etilganining aniq sabablarini aytish uchun, klubda ishlab, ichki muhitni yaxshi bilish lozim. Besh oyda rahbariyatga yoqmay qolish uchun nima qilish kerakligini bilmayman. Agar Gazizov olib borgan selektsiya ishlariga e’tibor bersak, Kokorin hali etakchiga aylanmadi, Mozes haqida ham shu gap. O‘runov ko‘p o‘ynamayapti. Lekin bu transferlar tufayli bosh direktor ishdan olingani haqidagi taxminlar noto‘g‘ri. Buning sababi ancha chuqur joylashgan, - dedi Kechinov.

Ma’lumki, Valeriy Kechinov “Paxtakor”dan “Spartak”ga o‘tgan va moskvaliklar tarkibida olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan.

Mashhur murabbiy O‘runov transferi haqida gapirdi

“Spartak” Gazizovdan nega voz kechganining asl sababini oshkor qildi. O‘runov transferining daxli yo‘q!

“Rubin” chorlayotgan O‘runov Gazizov va Tedesko o‘rtasida talash bo‘lyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bahram
12/12/2020 14:34
Urunov iloji bo‘lsa jamoasini o‘zgartirish lozim. Iloji boricha o‘yinga tushadigan jamoaga o‘tishi kerak. Bu terma jamoamiz uchun foydali yani o‘yin amaliyoti bo‘lishi kerak.