Olti grand bir superfutbolchini talashyapti

  • 4 mart, 10:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Germaniyaning amaldagi chempioni “Bayer” joriy mavsumda chempionlikni qo‘ldan chiqarish ehtimoli oshib bormoqda.

Shu bilan birga leverkuzenliklar tarixiy chempionlikka katta hissa qo‘shgan Florian Virtsdan ayriladigan ko‘rinadi. Evropaning bir necha grand klublari 21 yoshli hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun har qanday xarajatga tayyor.

Florian Firts Transfermarkt portali tomonidan 140 millio evroga baholanmoqda. Biroq hozirning o‘zida oltita klub supero‘yinchi uchun 150 million evro sanashga roziligini bildirmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, “Barselona”, “Real Madrid” , “Bavariya”, “Manchester Siti” , “Pari Sen-Jermen” va “Manchester Yunayted” nemis futbolchisini o‘zaro talashyapti.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Virtsning “Bayer” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan bo‘lsa-da, Bundesliga vakili o‘z etakchisini saqlab qolishi deyarli imkonsiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!