
"Olimpik" - OKMK jamoalarining 3-to‘qnashuvi. O‘tgan yilgi natija yodingizdami?
Superliganing 3-turida OKMK Toshkentda «Olimpik» mehmoni bo‘ladi
Parij Olimpiadasi uchun maxsus tuzilgan «Olimpik» klubi o‘tgan yildan Superliga ishtirokchisiga aylangan va OKMK bilan ikki bor to‘qnash kelgan.
Birinchi davrada «Lokomotiv» stadionida kechgan uchrashuvda yosh olimpiyachilar 1:0 hisobida zafar quchishgan. Olmaliqda o‘tgan ikkinchi davra bahsida esa «Olimpik»ning mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyati qayd etilgan. Martin Boake (2 ta), Xurshid G‘iyosov, Shoxruh Gadoev, Mirjahon Mirahmadov va Dostonbek Tursunovning avtogoli evaziga Mirjalol Qosimov shogirdlari 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Ertangi uchrashuv mazkur jamoalarning milliy chempionatdagi 3-o‘yiniga aylanadi.
«Olimpik» — OKMK
17 mart 2023 yil. Toshkent. «Jar» stadioni. 17:00
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Shohnur Yo‘ldoshev, Oybek Kallaxo‘jaev, Husan Muzaffarov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Jamshid Imomov
OKMK matbuot xizmati.
Fikrlar