Oleg Zoteev: Boshlanishi yomon emas, o‘rtacha!

  • 1 sentabr, 2020, 23:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning “Chonnam Dragons” jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Oleg Zoteev yaqinda jarohat olib safdan chiqqani haqida xabar bergandik. Futbolchimiz esa sports.uz caytiga yangi klubiga qanchalik moslashgani va hozirgi holati xususida shunday dedi:

Tecno

- Janubiy Koreyadagi faoliyatimning boshlanishi yomon emas, o‘rtacha. A’lo darajada desam ham bo‘lmaydi. Hali ko‘p ishlashimiz kerak. Lekin jamoamga moslashdim. O‘zingiz ham bilasiz, legioner bo‘lganimiz uchun bizdan ikki barobar ko‘proq talab qilishadi. Bizning vazifamiz tinmay ishlash va jamoaga yordam berish. Hozir ahvolim ancha yaxshi, muolajalar davom etyapti. Nasib qilsa, tez orada safga qaytaman, - dedi Zoteev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!