Og‘ir atletika. Yosh polvonlarimiz Tojikistondagi xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

BEPUL PROPAN

Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining og‘ir atletika yo‘nalishi o‘quvchilari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Jumladan, Markazning 11-sinf o‘quvchilari – Diyorbek Odilov va Doston Bekpulatov oltin medallarni qo‘lga kiritib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Dalerjon Zabaydullaevga kumush medal nasib etdi. Shuningdek, Markazning 9-sinfida tahsil olayotgan Firdavs Po‘latov ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!