
OFK kubogi, final. "So‘g‘diyona"ni yutgan Malayziya klubi finalda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Hozirgina, OFK kubogi final o‘yini yakunlandi.
Malayziyaning "Kuala Lumpur Siti" va Ummonning "As-Sib" jamoalari o‘rtasida kechgan bellashuvda ummonliklar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarga Al-Busaydiy, Al-Muqbaliy va Al-G‘assoniy mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, "Kuala Lumpur" yarim finalda Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona"ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Fikrlar