
O‘FA va Tojikiston futbol federatsiyasi hakamlik borasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Bugun Tojikiston futbol federatsiyasi hakamlar departamenti rahbari Rustam Abdulloev O‘FA mehmoni bo‘ldi.
Dastlab O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mamlakatlarimiz o‘rtasida yaqin qo‘shnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida Abdulloev yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi.
Shundan so‘ng, TFF hakamlar departamenti rahbari va O‘FA hakamlar bo‘limi boshlig‘i Erkin Baxtiyorov o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Ushbu memorandum asosida ko‘plab istiqbolli loyihalarni birga amalga oshirish kelishib olindi. Xususan, o‘zaro tajriba almashish, o‘zaro yig‘inlarni birgalikda tashkil etish, O‘zbekiston va Tojikistonning mahalliy chempionat uchrashuvlarini boshqarishga o‘zaro tajribali hakamlarni jalb etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kabi takliflar ma’qullandi.
O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar