O‘FA ogohlantiradi

  • 13 oktabr, 2024, 14:49
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

15 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Mazkur bellashuv oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muxlislarni dolzarb muammodan ogohlantirdi. 

Tecno

- Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Shu o‘rinda chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Aynan mana shu holatlar sabablar avvalgi o‘yinga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz. 

- Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz", - deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neytral muxlis
13/10/2024 16:25
O'FA chaqirmasdan, ogohlantirmasdan, qat'iy jazo choralarini ko'rsin, chayqovchilarni stadion kassasi bilan bog'liqlikni uzsin, shunda bilet olib sotarlar kamayadi. Bitta passportga maksimum 4-5 dona bilet soting, online bilet sotilishini nazorat qiling, har bitta viloyatga kvota ajrating, kirish joyida online ro'yxatdan o'tkazing, xuddi temir yo'l vokzaliga kirishdagidek kabi, shunda qo'ldan bilet olib sotishlar kamayadi. Hammasi o'z qo'lingizda, janob!
&
Shamshodbey
13/10/2024 16:19
Rasmdagi men
&
ibrohimjonhaydarov5@gmail.com
13/10/2024 15:38
олга узбекистон