Odil Sayfiddinov MMA bo‘yicha Osiyo chempionatini chiroyli g‘alaba bilan boshladi (Video)
Xabar berib o‘tganimizdek, Dushanbe shahri IMMAF doirasida 18-20 yoshlilar hamda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugungi kun dasturidan 6 nafar yurtdoshimizning janglari o‘rin olgandi.
Ularning dastlabkisida -52,2 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Odil Sayfiddinov tojikistonlik Shohjahon Karimovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Quvonarlisi, hamyurtimiz 1- raundning o‘zidayoq raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Yana bizni bir qator qiziqarli bahslar kutib turibdi.Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!



Fikrlar